Shu mavzuda poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent city” mehmonxonasida xalqaro advokatlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shni davlatlar hamda AQSh, Germaniya, Sloveniya va boshqa xorijlik advokatlar, ekspertlar, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari, sud-huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari, ekspertlar, yurtimizda faoliyat yuritayotgan advokatlar hamda mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad advokatlarning kasbiy birlashmalari faoliyatini tashkil qilish, advokatlar o‘rtasida uzluksiz ta'limni yo‘lga qo‘yish, advokatlarga nisbatan intizomiy amaliyot va advokatlik faoliyatining kafolatlari yuzasidan xorijiy mamlakatlar advokatlik hamjamiyati vakillari bilan o‘zaro tajriba almashish hamda ekspertlar fikrlarini tahlil qilishdan iborat.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov ishtirok etib, ma`ruza qildi.
Qayd etilganidek, advokaturaning zamon bilan hamnafasligini ta`minlash, uni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, xorijiy mamlakatlar advokatlik hamjamiyati vakillari bilan tajriba almashish, raqamlashtirish davrida advokatlik faoliyatining istiqbollari to‘g‘risida xorijiy va mahalliy ekspert guruhlarining fikrlarini tahlil qilish hamda sohada yuzaga kelayotgan muammolarga birgalikda yechim izlash bugungi advokaturaning eng dolzarb masalalaridan sanaladi.
Konferensiya davomida ishtirokchilar advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, advokatura institutining kasbiy birlashmasi bo‘lgan Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari hamda advokatlik tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, advokatura institutining eng so‘nggi islohotlari xususida fikr almashdilar. Bo‘lib o‘tayotgan anjumanda mahalliy mutaxassislar va xorijiy ekspertlarning kun tartibidagi mavzular bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi.
Yakunda konferensiya ishtirokchilari hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va tadbirlar haqida fikr almashib, sud-huquq va advokatura sohasida o‘zaro istiqbolli hamkorlikni jadallashtirishga kelishib oldilar.
- Qo'shildi: 13.02.2023
- Ko'rishlar: 4358
- Chop etish