O‘zbekistonda nechta teatr bor?

2025-yilning 1-yanvar holatiga, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan teatrlar soni 48 tani tashkil etmoqda, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Teatrlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i, ya’ni 18 tasi poytaxtda joylashgan. 

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan teatrlar soni:

  • Toshkent shahri — 18 ta
  • Farg‘ona viloyati — ta
  • Samarqanda viloyati — 4 ta
  • Qoraqalpog‘iston Resp. — 3 ta
  • Andijon viloyati — 3 ta
  • Buxoro viloyati  2 ta
  • Jizzax viloyati  2 ta
  • Namangan viloyati  2 ta
  • Surxondaryo viloyati  2 ta
  • Xorazm viloyati  2 ta
  • Qashqadaryo viloyati  2 ta
  • Navoiy viloyati  1 ta
  • Sirdaryo viloyati  1 ta
  • Toshkent viloyati  1 ta

O‘tgan kuni Sirdaryo viloyatidagi yagona — Guliston musiqali drama teatri binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. Teatr binosi qariyb bir soat yongan. 

Xabar.uz

Powered by GSpeech