Maqolada ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda kechayotgan islohotlarning asosida Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotchi energiyasi yotadi. Muallifning qayd etishicha, davlat rahbari faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga emas, balki ma’naviy qadriyatlarni tiklash, milliy iftixorni mustahkamlash va madaniy merosni asrab-avaylashga ham alohida e’tibor qaratmoqda.
Shu bilan birga, nashrda Prezident tashabbusi bilan barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonning jahon madaniy sahnasiga qaytishi ramzi sifatida baholangan.
Muallif yaqin o‘tmish haqida fikr yuritar ekan, ajdodlarimiz kimu, bu dunyoda joyimiz qayerda bo‘lganini unutib qo‘yganimiz, eng alamlisi, zamonaviy dunyo sahnidagi madaniy va tarixiy o‘rnimiz qumga сингган suvday «yo‘qolib» qolganini ta’kidlaydi.
Bugun esa O‘zbekiston qanday yo‘lga kirganini va bu yerda nimalar bo‘layotganini barcha ko‘rib, his qilib turganiga ishonishini bildiradi:
«Bir nozik jihat borki, buni hammayam ilg‘ab olayotganiga shubham bor. Men ilgarigi bir necha maqolalarimda bildirgan fikrimda sobitman — uzoq yillar ko‘p balolarni boshidan kechirishga majbur bo‘lgan bu yurt va uning xalqi endilikda nafaqat mamlakat suverenitetini mustahkamlash, balki unuttirilgan va bag‘ridan yulib olingan ulug‘ o‘tmish xotirasi, madaniyati va ajdodlari merosini tiklash hamda bu sharafli harakat o‘laroq o‘z kimligini topishga, ma’naviy yangilanishga bel bog‘ladi, desam, to‘g‘ri bo‘ladi», — deb yozadi Q.Rafiqov.
O‘zA
- Qo'shildi: 03.10.2025
- Ko'rishlar: 114
- Chop etish