Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etildi.
Xabar qilinishicha, mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30 iyuldan 30 avgustgacha e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida mamlakat Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida amalga oshirilyapti.
Aksiya doirasida Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etildi. Ular 18 avgust kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yiladi.
Bundan tashqari, 33 nafar yurtdoshimizga, jumladan, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan va og‘ir moddiy ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 18.08.2025
- Ko'rishlar: 100
- Chop etish