Shvetsiya maktablarida bolalarning mobil telefonlardan foydalanishi butunlay taqiqlanadi

Shvetsiya maktablarda bolalarning telefondan foydalanishini butun mamlakat bo'ylab taqiqlamoqda. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Gajetlardan foydalanishning yangi qoidalari 2026-yilning kuzida kuchga kiradi. O'qituvchilar 7 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilaridan dars boshlanishidan oldin telefonlarini yig'ishtirib olishlari va ular tugaganidan keyin qaytarishlari shart. Yangilikning asosiy maqsadlari bolalarning xavfsizligi va o'quv jarayoniga jalb etilishini yaxshilashdir.

Ta'lim vaziri Simon Moxamssonning aytishicha, bu qaror Shvetsiya ta'lim tizimida so'nggi 30 yil ichida amalga oshirilgan eng yirik islohotlar paketining bir qismi bo'ladi, deb xabar berdi gazeta.ru.

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech