Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yangi agentlikka kengash bilan birgalikda tadbirkorlar bilan muloqot qilib, tannarx, ishlab chiqarish va eksport bo‘yicha yechimlar ishlab chiqish, “bojxona hududida qayta ishlash” rejimi orqali tayyor mahsulot eksportini 2 barobarga oshirish, kooperatsiyani kuchaytirib, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.
Xalqaro konsultantlar bilan birgalikda to‘qimachilikni 2030 yilga qadar rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda charm, ipak va gilamchilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ham takliflarni kiritish vazifasi qo‘yildi.
– Hokimlar, klasterlar va to‘qimachilik korxonalari rahbarlari bir narsani bilishi kerak. Hozirgi sharoitda byudjetga 1 so‘m qo‘shimcha tushum qilish qancha qiyin bo‘layotganini tushungan tushunadi. Bugun aytilgan qo‘llab-quvvatlash choralarini pulga chaqsa, 7 trillion so‘m bo‘ladi. Endi shunga yarasha natija ham bo‘lishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.
Yig‘ilish davomida to‘qimachilik korxonalarining namunali tajribalari ko‘rib chiqildi, tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.
O‘zA
- Qo'shildi: 13.08.2025
- Ko'rishlar: 155
- Chop etish