Toshkent viloyatidagi maktabda darsga kech qolgan o'quvchilar oʻt yulishga majburlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida maktabga kech qolgan bolalar oʻt yulishga majburlangani haqida xabarlar tarqalib jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻldi. Holat yuzasidan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Boʻka tumanidagi 24 maktab direktori bolalar maktabga kech qolgani uchun ularni obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan.

Holatni oʻrganish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, vaziyat atroflicha koʻrib chiqildi.

Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 30-aprel kuni 24-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchilari dars jarayonlariga kechikib kelgan. Holat ushbu oʻquvchilar tomonidan surunkali davom etib kelayotganligi sababli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, ularni tartibga chaqirish maqsadida maktab gulxonasini yovvoyi oʻtlardan tozalashga jalb etgan. Bu jarayon 10 daqiqa davom etgan. Shundan soʻng, darsga kech qolgan oʻquvchilar, sinflariga kiritilgan.

Tarmoqda keltirilgani kabi rahbar oʻrinbosari bu holatini doimiy amalga oshirib kelayotgani tasdiqlanmadi. Ishchi guruh tomonidan maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga ogohlantirish berildi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech