“Venetsiya biyennalesida ona yurtimizning koʻz ilgʻamas qadriyatlarini koʻrsatishda davom etamiz“ — Saida Mirziyoyeva

Shu yilning 8-may kuni Venetsiya biyennalesida Oʻzbekiston Milliy pavilyonining rasmiy ochilishi va qabul marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

— Bu yil Toshkentning yonginasida joylashgan “Quyosh” geomajmuasi gʻoyasini oʻzimiz bilan olib keldik. Pavilyonimiz mavzusi oʻzida muhandislik fanlari, shaharshunoslik, biologiya va sunʼiy intellektni birlashtirgan va “Intelligens. Tabiiy. Sunʼiy. Kollektiv” deya nomlangan biyennale mavzusiga toʻla mos keladi, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.

Prkezident yordamchisi noyob “Quyosh“ obyektining rolini qayta koʻrib chiqishni taklif etdi. Uni nafaqat saqlab qolish, balki global va ilmiy munozaralarga kiritishni qayd etdi.

Bu Venetsiya biyennalesidagi beshinchi ekspozitsiyamiz. Har safar biz ona yurtimizning koʻz ilgʻamas qadriyatlarini, tarixga ehtirom, ilm-fanga boʻlgan muhabbatini koʻrsatib, jahon hamjamiyatini hayratga solishda davom etamiz, deydi u.

Prezident yordamchisi ushbu loyihaga oʻz kuch-gʻayrati, ijodi va Oʻzbekistonga boʻlgan muhabbatini baxsh etgan jamoaga minnatdorchilik bildirdi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech