Banklar va toʻlov tashkilotlari tomonidan oʻzining mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini oʻrnatish hamda foydalanuvchi qurilmasida zararli dasturlar belgilari mavjudligi aniqlanganda ularni ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.
Ichki ishlar organlari masʼul boʻlinmalari soʻroviga asosan shubhali pul oʻtkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalari tezkorlik bilan bloklanadi.
Tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov davomida sodir etilgan kiberjinoyatlar yuzasidan kiberxavfsizlik talablariga rioya qilinganligi boʻyicha xulosa “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan beriladi.
Shuningdek, Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishga va raqamli tergovga koʻmaklashish markazi tashkil etiladi.
Kiberjinoyatlarni fosh etish, ularni tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish Markazning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»