Xitoy bilan salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi.

 

Shu jumladan:

  • “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini oʻzaro bogʻlash boʻyicha hamkorlik dasturi;
  • Madaniyat markazlarini oʻzaro taʼsis etish toʻgʻrisida bitim;
  • Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:

  • Oʻzbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish boʻyicha;
  • texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida;
  • muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
  • Oʻzbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari toʻgʻrisida;
  • kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish toʻgʻrisida;
  • raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
  • inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha;
  • raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha;
  • Samarqand viloyati va Tyanszin shahri oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida;
  • Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga koʻmaklashish kengashi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida.

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech