Janubiy Koreyada nevaralar o'rnini robotlar egallamoqda

Janubiy Koreyada yolg'iz keksalar o'rnatilgan intellektga ega Hyodol robot qo'g'irchoqlarini sotib olishmoqda.

 

“Aqlli” o'yinchoqlar qariyalar bilan o'tirishga vaqti bo'lmagan qarindoshlarning o'rnini bosadi, deya xabar berdi Rest of World.

Qo'g'irchoqda o'rnatilgan ChatGPT mavjud – ular egalari bilan gaplashadi, dori-darmonlarni qabul qilishni eslatadi va datchiklar yordamida sog'lig'ini nazorat qiladi. Xavfli holatlarda “robot enaga” qarindoshlari yoki ijtimoiy xodimlarni xabardor qilishi mumkin.

Ayni paytda 12 mingdan ortiq pensionerlar 1150 dollar turadigan bunday yordamchilarni sotib oldi, deb xabar berdi korrespondent.net.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech