O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2024-yilda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash maqsadida nomzodlarni tavsiya etish jarayoni boshlandi.
“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizomda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari va tashkilotlari ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlarni taqdim etishi mumkinligi belgilangan.
Shu munosabat bilan 2024 yilda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlarini 2024-yil 1-oktyabrga qadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etish mumkin.
- Qo'shildi: 11.07.2024
- Ko'rishlar: 7472
- Chop etish