“Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari” O`zbekiston gumanitar jurnali
O'zbekistonning «Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari» jurnali 1998 yildan boshlab nashr etiladi. «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o'rganish Markazi va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi jurnalning muassislari hisoblanadi. Jurnalda materiallar o'zbek, ingliz va rus tillarida e'lon qilinadi. Jurnal yil choragida bir marta chiqadi.
Jurnalning shiori: «Dunyoni, unga turli nigohlar bilan qarab anglash mumkin».
Hozirgi zamonning u yoki bu eng muhim muammolari to'g'risida jamoatchilik fikrini xolisona aks ettirish, ushbu muammolarni hal etishning eng amaliy yo'llarini topishga o'z ulushini qo'shish uchun uni har tomonlama oshkora muhokama qilish, respublikada demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurishga, O'zbekiston fuqarolarining huquqiy bilimlari va madaniyatini oshirishga, ongi o'sishiga faol ko'maklashish nashrning asosiy maqsad va vazifalaridan biridir. Juda murakkab va ko'p qirrali hodisa bo'lgan jamoatchilik fikrining o'zi singari jurnal ham qay bir darajadadir jamiyatdagi fikrlar va kayfiyatlar ko'zgusi bo'lishga da'vat etilgan. Jurnal sahifalari turli mavzular, maqolalar, mualliflar uchun ochiq. Tarix va falsafa, sotsiologiya va san'atshunoslik, ijtimoiy va gumanitar fanlar, jurnalistika va publitsistika – bularning barchasi bizning nashrimizda o'z o'rnini topadi.
