Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy

"Demokratlashtirish va inson huquqlari" jurnali

“Demokratlashtirish va inson huquqlari” ilmiy-ma'rifiy jurnalining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

-demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, O'zbekistonda inson huquqlari himoya qilinishini ta'minlash, insonlar ongiga demokratik qadriyatlarni singdirish, davlat va jamoat tashkilotlarining inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyatini yoritish masalalariga bag'ishlangan ma'lumotlar nashr etish; 

-jamoatchilik, shu jumladan, chet el jamoatchiligini O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy huquqlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish borasida bajarilayotgan chora-tadbirlardan xabardor etish;

inson huquqlari, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish sohalaridagi eng muhim ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr etish;

mamlakat qonunchiligida umum e'tirof etilgan tamoyillar va xalqaro huquq normalari hamda inson huquqlari ustuvorligini ta'minlash bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish;

fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning o'z ijtimoiy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy huquqlari borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish.

Jurnalda quyidagi doimiy rubrikalar mavjud: “Inson va qonun”, “Inson huquqlari monitoringi”, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga”, “Inson huquqlari va sud huquq tizimi islohotlari”, “Xalqaro tashkilotlar va demokratik islohotlar”, “Xalqaro huquq”, “Xorijiy tajriba”, “Huquq nazariyasi masalalari”, “Sirtqi huquqiy maslahatxona” va boshqalar.

Jurnal ilmiy xodimlar, huquqshunoslar, siyosatshunoslar, amaliyotchi-mutaxassislar, inson huquqlari muammolari bilan shug'illanayotganlar, o'qituvchilar, talabalar, nodavlat nohukumat tashkilotlari vakillari, shu jumladan, chet el nodavlat nohukumat tashkilotlari vakillari, shuningdek, inson huquqlari masalasiga qiziquvchi barcha uchun mo'ljallangan.

Jurnal muassisi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) va O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi jurnal hammuassislari sanaladi. Jurnal har chorakda bir marta o'zbek, ingliz va rus tillarida 1000 nusxada chop etiladi.