11-iyul – Butunjahon aholi kuni

1987-yilda sayyoramizda 5 milliardinchi inson dunyoga kelgan. Aholi sonining o‘sishi va demografik muammolarni hal qilish bo‘yicha izlanishlar natijasida BMT ikki yildan so‘ng 11-iyulni Butunjahon aholi kuni deb e’lon qilgan.

 

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasining xabar berishicha, 2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,9 million kishini tashkil etgan.

 

Eng ko‘p aholi Samarqandda (4,33 mln) yashashi aniqlangan bo‘lsa, eng kam aholi Sirdaryoda (938 ming) qayd etilgan.

 

Jamoatchilik nazorati Telegram kanali

Powered by GSpeech