Adolat va qonun ustuvorligini, huquqiy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida (+video)

Poytaxtimizda “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi boshlandi. O‘zbekiston yana bir bor xalqaro huquqiy hamjamiyat diqqat markazida. Ma’lumki, 2019 yildan buyon har ikki yilda tashkil etilayotgan mazkur anjuman huquq sohasidagi nufuzli muloqot maydoniga aylanib ulgurdi.

“Raqamli texnologiya davri: kelajakka huquqiy nazar” mavzusidagi bu yilgi tadbir jahon yuridik hamjamiyatiga raqamlashtirish jarayonidagi yangi tahdid va imkoniyatlarni muhokama qilish imkonini taqdim etadi.

Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston kabi davlatlar adliya idoralari rahbarlari, Singapur Bosh prokurori, shuningdek “Jahon odil sudlov loyihasi” ijrochi direktori ishtirok etayotgan anjuman dasturidan 20 ga yaqin tadbir, jumladan yalpi sessiya, mahorat darslari, davra suhbatlari, 4 ta ko‘rgazma o‘rin olgan.

“Tashkent Law Spring” doirasida ilk bor Xalqaro yoshlar yuridik forumi ham o‘tkaziladi.

Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA

Powered by GSpeech