Akademik Akmal Saidov ijod maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o'rinbosari, yuridik fanlari doktori, akademik Akmal Saidov hamda Sirdaryo viloyati hokimi G'ofurjon Mirzaev Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabida bo'ldi.

PIIMA axborot xizmatidan xabar berishicha, mehmonlar Prezidentimiz tashabbusi bilan Guliston shahrida bunyod etilgan ushbu ta'lim maskanida yaratilgan shart-sharoitlarni o'rgandi, ta'lim jarayonini kuzatib, o'quvchilar bilan yaqindan suhbatlashdi.

Bir guruh o'quvchilar o'z ijod namunalaridan she'rlar o'qib berdi. O'quvchilarning ilk kitoblariga mehmonlar o'z dastxatini qo'ydi. Ularning kelajakda el-yurtini ulug'laydigan, ardoqlaydigan buyuk shoir va shoiralar bo'lib yetishishiga tilak bildirdi.

Shundan so'ng mehmonlar ijod maktabi muzeyi faoliyati bilan tanishdi.

Fayzullo Yahyoev, O'zA

Powered by GSpeech