Chexiyada migratsiya va boshpana berish sharti kuchaytirilmoqda

Chexiya migratsiya va boshpana sohasidagi qoidalarni kuchaytirmoqchi.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, deputatlar palatasi koalitsiya tegishli qonun loyihasini ma’qullagan. O‘zgarishdan ko‘zlangan maqsad boshpana izlovchilar va muhojirlar harakatlanishi va mamlakatda qolishi ustidan nazoratni muvofiqlashtirish.

Shuningdek, xalqaro himoya bilan bog‘liq jarayonni tezlashtirish va qoidalarni suiste’mol qilish ehtimolini cheklash ham nazarda tutilgan. Yevropa Ittifoqi migratsiya siyosatiga asoslangan mazkur hujjat loyihasi endi ko‘rib chiqish uchun Senatga yuboriladi.

Hozircha tashabbusni to‘rt partiya deputatlari koalitsiyasi qo‘llab-quvvatlagan. YeIning sohaga oid tegishli hujjatini rad etgan muxolif ANO va SPD vakillari qarorga qarshi ovoz berishdi. Qaroqchilar partiyasi esa betaraf qolgan.

G.Sattorova, O‘zA

Powered by GSpeech