Garvard universitetiga chet ellik talabalarni oʻqishga qabul qilish taqiqlandi

Nufuzli oliy oʻquv yurti «zoʻravonlik va antisemitizmni ragʻbatlantirish«da, shuningdek, Xitoy Kompartiyasi bilan hamkorlik qilishda ayblandi.

AQSH hukumati Garvard universitetiga chet ellik talabalarni oʻqishga qabul qilishni taqiqladi.

AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi rahbari Kristi Noem nufuzli OTMni «zoʻravonlik va antisemitizmni ragʻbatlantirish«da, shuningdek, Xitoy Kompartiyasi bilan hamkorlik qilishda aybladi.

Sertifikat bekor qilingani sababli, Garvard endi chet elliklarga AQSHda oʻqish vizasini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni bera olmaydi. Hozirda Garvardda tahsil olayotgan chet ellik talabalar boshqa universitetga oʻtishlari kerak, aks holda ular mamlakatda qolish huquqini yoʻqotadilar.

Garvard universiteti Tramp maʼmuriyatining bu harakatlarini noqonuniy va qasos olishga oʻxshash, deb baholadi, shuningdek, bu harakatlar universitetning ilmiy va tadqiqot missiyasiga putur yetkazishini taʼkidladi. Hozirgi kunda Garvardda 140 mamlakatdan 7 mingga yaqin xorijlik talaba taʼlim olmoqda.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech