Tashrif davomida mehmonlar Markazning rivojlanish strategiyasi, metodologik yondashuvi hamda O‘zbekistonda inklyuzivlikni ilgari surish bo‘yicha tashabbuslari — jumladan, inklyuziv ta’lim, bandlik va qulay muhit yaratish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Samimiy va do‘stona muhitda Ziroat Mirziyoyeva va Ketrin Meri Rassel Markaz o‘quvchilari bilan muloqot qilishdi, UPSHIFT dasturi doirasidagi yoshlar tashabbuslari bilan tanishdilar hamda o‘quvchilar tayyorlagan teatr sahnasidan yorqin taassurotlar oldilar.
UNICEFning ijrochi direktori barcha yoshlar uchun teng imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, inklyuziv amaliyotlarni rivojlantirishdagi hissasi uchun Markaz jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 28.05.2025
- Ko'rishlar: 158
- Chop etish