Mamlakatimizda bugun har bir soha rivoji uchun ulkan o'zgarishlar, yangilanishlar kuzatilmoqda. Qaysi bir yo'nalishni olmang, albatta, zamonaviylik sari qadam qo'yilmoqda. Muhimi, halq manfaati va ularning farovonligini ta'minlash ekan, albatta, barchamiz bunga aniq maqsad sari intilmog'imiz lozim. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatimizda berilayotgan imkoniyatlarga e'tibor bilan qarab, undan samarali foydalanish fuqarolik burchimizdir.
Keng ko'lamli islohotlar markazida shubhasiz yoshlar o'rni juda katta. Ularning salomatligini mustahkamlash, turli imtiyozlar asosida qo'llab-quvvatlash, imkoniyatlarni yanada kengaytirish, tadbirkorligini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, ta'lim tizimida ularning faolligini oshirish, bandligini ta'minlash, uyushmagan yoshlar sonini keskin kamaytirish, muhimi, ular orasida turli jinoyatchilikning oldini olishga e'tibor kuchaytirilgan. Yoshlarning bugungi faolligini oshirishga e'tibor qaratilar ekan, 2021 yilning “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligi yili” deb e'lon qilinganligi ham tashabbuslar ko'lamini yanada kengaytirishda xizmat qilishi tabiiy.
Kuni kecha 22 fevralda vatandoshlarimiz yana bir tarixiy voqeaning guvohi bo'ldi —O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Inson huquqlari bo'yicha kengashning 46-sessiyasida nutq so'zladi. Davlatimiz rahbari o'zbek tilida jahon hamjamiyatiga qarata “O'zbekiston Inson huquqlari bo'yicha kengash a'zosi sifatida xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umume'tirof etilgan printsip va normalarini qat'iy himoya qiladi va faol ilgari suradi”, deb ishonch bildirdi.
Davlatimiz rahbarining BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi yig'ilishidagi nutqini diqqat bilan tinglab. Aytish kerakki, mazkur kengash dunyo bo'ylab inson huquqlari himoyasini ta'minlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli organlardan biridir. Kengashga 47 ta davlat a'zo. Kengash a'zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadi. O'zbekiston inson huquqlari bo'yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjat, jumladan, BMTning 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakul`tativ protokoliga qo'shilgan. Ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi va shartnomaviy qo'mitalariga muntazam ravishda milliy ma'ruzalarni taqdim etib kelmoqda.
Inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda O'zbekiston Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha qabulxonalarining tashkil etilishi nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bu “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” g'oyasini hayotga tatbiq etishning amaliy ko'rinishi bo'ldi.
Shuningdek, ma'ruzada, yurtimizda alohida yehtiyojga ega bo'lgan fuqarolar huquqini ta'minlashga juda katta e'tibor qaratilayotgani, bolalar mehnati, gender tengligi borasida olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilishi ta'minlashga doir takliflar berilgan O'zbekistonning mintaqa taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy barqaroroligi uchun juda katta mas'uliyat his etayotganini ham anglatadi.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash Yangi O'zbekistonning bosh g'oyasi bo'lib qolaveradi...
Sevara Ishmuratova
Demokratlashtirish va inson huquqlari jurnali mas'ul kotibi
- Qo'shildi: 25.02.2021
- Ko'rishlar: 7593
- Chop etish