Italiya gazetasi dunyoda birinchi bo‘lib to‘liq sun’iy intellekt yordamida yaratilgan nashr chop etilganini ma’lum qildi. Bu haqda “AzerTAJ” yozgan.
Muharrir Klaudio Cyerasa konservativ-liberal kundalik “Il Foglio” tashabbusi SI texnologiyasining “ish sifati va vaqtga” ta’sirini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan bir oylik sinov natijasi ekanini ta’kidlagan.
Do‘konlarga chiqarilgan to‘rtta keng sahifadan iborat ushbu gazetani onlayn shaklda ham o‘qish mumkin.
– Mavzular xilma-xil: maqola, sarlavha, iqtibos, xulosa va hatto, kinoya ham bor, – deydi Serasa. – Jurnalistlarning vazifasi sun’iy idrokka savol berish va javobni o‘qish bilan chegaralandi.
Ushbu tajriba butun dunyo bo‘ylab axborot tashkilotlari SIdan qanday foydalanish kerakligi xususida bahslashayotgan bir paytda namoyish etildi.
“Il Foglio AI” nashri birinchi sahifasida Prezidentlar Donald Tramp va Vladimir Putin haqida maqolalar berilgan. Italiya iqtisodiyotiga oid noyob, ijobiy xususiyatga ega maqola – “Istat” esa milliy statistika agentligining daromadni qayta taqsimlash bo‘yicha so‘nggi hisobotini tahlil qilib, mamlakat “yaxshi tomonga o‘zgarayotgani”ni ta’kidlagan. Zero, 750 000 ga yaqin ishchining maoshi oshishi daromad solig‘i islohoti samarasidir.
Mas’ul fikricha, bu “haqiqiy gazeta” SI amalda qanday ishlashini ko‘rsatadi. Qolaversa, “Texnologiya kundalik gazetaga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?” degan savolga ham javob qidiradi.
M.Pirmatova, O‘zA
- Qo'shildi: 21.03.2025
- Ko'rishlar: 396
- Chop etish