JSST: tamaki iste’moli kamaydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Tamakiga qarshi kurash bo‘yicha doiraviy konvensiyasi 20 yil avval kuchga kirgan. Shundan buyon butun dunyo bo‘ylab chekish sezilarli darajada kamaygan. Bu ma’lumotni tashkilot Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Bosh assambleya 78-sessiyasi ochilishida keltirdi.

– Muayyan davr mobaynida dunyo bo‘ylab tamaki iste’moli uchdan bir hissaga kamaydi, – dedi mulozim. – Bugungi kunda 300 million kashanda chekishni tashlagan.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, tamaki iste’moli sog‘liq uchun asosiy tahdidlardan biridir. Chekadiganlarning qariyb yarmi ajalidan barvaqt vafot etadi. Ushbu illat tufayli yiliga sakkiz milliondan ko‘p odam hayotdan ko‘z yumyapti. Ularning yetti millioni amaldagi yoki sobiq kashanda. Shuningdek, 1,2 milliondan ziyod chekmaydiganlar ham ikkilamchi tamaki tutunidan aziyat chekib vafot etgan. JSST chekishning har qanday ko‘rinishi sog‘liq uchun zararligi, tamakining zararsiz dozasi yo‘qligini ta’kidlaydi.

O‘zA

Powered by GSpeech