JST jahon iqtisodiyotining ikkiga bo‘linishi oqibatidan ogohlantirdi

Jahon savdo tashkiloti (JST) rahbari Ngozi Okonjo-Ivealaning tuzilma saytida e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, AQSH va Xitoy ziddiyati uzoq muddatli inqirozni yuzaga keltirishi mumkin.

Prezident Donald Tramp chorshanba kuni Vashington Xitoyning global bozorlarga nisbatan hurmatsizligiga javoban Chin yurti mahsulotlariga boj zudlik bilan 125 foizga chiqarilishini ma’lum qildi.

– Geosiyosiy sabablarga ko‘ra, global savdo muqarrar parchalanishi jiddiy tashvish uyg‘otadi, – deyilgan maxsus bayonotda. – Jahon iqtisodiyoti ikki blokka bo‘linishi real dunyo yalpi ichki mahsuloti uzoq muddatga qariyb 7 foiz qisqarishiga olib kelishi mumkin. Savdo-sotiq o‘zgarishi jarayoni shoshilinch va dolzarb tahdidga aylanmoqda. Bu kelishilgan global javob choralarini taqozo etadi. JST a’zolarini muammoni muvofiqlashtirilgan global hamkorlik va hujjat orqali hal qilishga chaqiramiz.

AQSH Savdo vakilligi boshqarmasi izoh berishicha, mamlakat joriy etayotgan yangi tariflar muayyan mamlakat bilan savdo taqchilligi sharotitidan kelib chiqib hisoblangan. Ayni choraga kamomad keltirib chiqarish emas, balki muvozanatga erishish chorasi sifatida qarash lozim.

S.Rahimov, O‘zA

Powered by GSpeech