Kongress: amerikalik talabalar xitoylik tengdoshlaridan ortda qolyapti

Vakillar palatasi a’zosi Jeyk Auchinkloss fikricha, AQSH ta’lim sohasidagi muammolariga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. Sababi, amerikalik talabalar aniq va tabiiy fanlarda bilim darajasi bo‘yicha xitoylik tengdoshlaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda.

- Xitoyda 1,3 milliard odam bor (Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil ushbu mamlakat aholisi 1,4 milliard kishini tashkil qilgan - tahririyat), - dedi noib “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida. - Chin yurtidagi hamma talabalar matematika va tabiiy fanlardan yuqori baho oladi. Amerikadagi 25 million o‘quvchi o‘qish, yozish va arifmetika bo‘yicha ulardan orqada. Shunday ekan, biz o‘quvchilarimiz haqida ko‘proq qayg‘urishimiz kerak.

Kongressmen ma’muriyatning Xitoydan kelgan talabalar uchun vizani bekor qilish qarorini tanqid qildi:

- Chet ellik talabalarni kamsitish mafkuraviy xilma-xillik ifodasi emas, deb o‘ylayman. Eng kuchli xitoylik talabalar qabul qilinsa, ularning Amerika yo Xitoyda tadqiqot olib borishi masalasida tanlov bor. Masalan, men ular Amerikada izlanishlari tarafdoriman. Biz Xitoyga qaytarib yuborgan yoshlar saratonga davo topadilar, yangi raketa tizimini ishlab chiqadilar.

O‘z navbatida Xitoy hukumati AQSHga XXRdan borgan ayrim talabalar uchun viza bekor qilinishi kutilayotgani munosabati bilan qattiq norozilik bildirdi va Amerika hukumatiga jiddiy mazmunda bayonot yo‘lladi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ta’kidlashicha, Vashington mafkuraviy sababga ko‘ra, ayni chora bilan milliy xavfsizlikni ta’minlaymiz, degan bahona dorasida harakat qilmoqda. Bunday qaror asossiz, deydi u.

S.Rahimov, O‘zA

Powered by GSpeech