Londonda O‘zbekiston xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash istiqboli muhokama qilindi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov qirollikning gender tenglik masalasi bo‘yicha maxsus vakili Alisiya Gerbert bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida yurtimiz xotin-qizlari huquqi, imkoniyatini kengaytirish, gender tenglikni ta’minlash, shuningdek onalik va bolalikni muhofaza

qilishga qaratilgan islohotlar xususida ma’lumot berildi.

Britaniya tomoni xotin-qizlarimiz siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni

yuqori baholadi. Xotin-qizlar salohiyatini oshirish, jumladan ayollarimiz oliy ma’lumot olishi, zamonaviy kasb egallashi,texnologiyani o‘zlashtirishi, chet tillarni o‘rganishi, shuningdek o‘z tadbirkorlik ko‘nikmasini rivojlantirishi uchun moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

A.Alimova, O‘zA

Powered by GSpeech