5 aprel kuni Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash Namangan viloyati boshqarmasida shu mavzuda madaniy-ma’naviy forum o‘tkazildi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti bilan hamqorlikda tashkil etildi.
Tadbirda Namangan viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi I.Najmiddinov, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi mas’ul xodimi H.Mo‘minov, Davlat va huquq instituti direktori M.Turg‘unov, ushbu institut bo‘lim boshlig‘i A.Xudoyberdiev, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatining viloyati bo‘limi raisi K.Sheraliev, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hududiy bo‘linmasi rahbari I.Karimov so‘zga chiqdi.
Ishtirokchilarga Konstitutsiyamizdan o‘rin olayotgan yangi demokratik qoidalar, ularning mazmun-mohiyati haqida axborot berildi. Shuningdek, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni hal qilishda xalqning bevosita ishtirokini ifodalaydigan referendumning ahamiyati haqida fikrlar yuritildi.
Referendum – demokratiyaning eng muhim shartlaridan biri hisoblanishi e’tirof etildi. O‘z navbatida, konstitutsiyaviy islohotlar “Avval inson, keyin – jamiyat va davlat” degan g‘oya asosida erkin, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlatni shakllantirish va taraqqiy etirishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi referendumida barchani faol ishtirok etishga chaqirdilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.04.2023
- Ko'rishlar: 4084
- Chop etish