«Inson huquqlari oliy qadriyat» mavzusida “Sud va yoshlar” uchrashuvi tashkil yetildi

«Inson huquqlari oliy qadriyat» mavzusida “Sud va yoshlar” uchrashuvi tashkil yetildi.

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida HAL shaxsiy tarkibining huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiya holatlarining oldini olish va uning oqibatlarini tushuntirish maqsadida Qarshi harbiy sudining raisi Qayumov Dilshod Baxtiyorovich ishtirokida «Inson huquqlari oliy qadriyat» mavzusida “Sud va yoshlar” uchrashuvi tashkil yetildi.

Uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatchilikning oldini olish va hozirgi kunda Respublikamizda sud tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda ularning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchi va o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga hayotiy misollar orqali javoblar berildi.

 

Qayumov Dilshod

Qarshi harbiy sudining raisi

HUKM.UZ

 

Powered by GSpeech