Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida “Sudya va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi K. Tarixov, Qoraqoalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raisi A. Nurlipesov va boshqalar ishtirok etdi.
Muloqot davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangi tizimi yaratilganligini, faqat jazolash bilan qo‘rqitib, huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashish emas, balki noqonuniy harakatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish eng dolzarb vazifaga aylanganligi qayd etildi. Kelajakda poraxo‘rlik jinoyatiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida har bir inson halol, vijdonli, xolis va odil, faqat qonunga so‘zsiz bo‘ysungan holda vazifalarini amalga oshirishi, xar qanday nojo‘ya harakatlardan o‘zlarini tiyishi shart.
Uchrashuv yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javob berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy Telegram-kanali
- Qo'shildi: 28.02.2023
- Ko'rishlar: 3531
- Chop etish