Erkin va ochiq muloqotda yoshlarga inson huquqlari haqida, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar, inson huquqlari muhofazasi borasidagi hujjatlar xususida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan 2023 yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilinishi yoshlarning bilim olishga oid huquqlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlarning yashash, qonun oldida tenglik, so‘z erkinligi, fuqarolik va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari haqidagi savollariga sudyalar javob berdi.
Ishtirokchilar sudyalardan o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tavsiyalar oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy Telegram-kanali
- Qo'shildi: 28.02.2023
- Ko'rishlar: 3603
- Chop etish