Jumladan, yurtimizda barcha fuqarolar teng huquq va majburiyatga ega ekanligi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning o‘zagi hisoblanishi hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi.
Qonun ustuvorligiga erishish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, jazo turlarini liberallashtirish, qiynoqlarning oldini olish, gender tengligini, shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, so‘z erkinligini mustahkamlash, qolaversa, to‘g‘ri yo‘ldan adashganlarga insonparvarlik tamoyili asosida yana bir imkon berish hamda ularni jamiyatga moslashtirish borasida ro‘yobga chiqarilayotgan salmoqli ishlar xususida so‘z yuritildi.
Muloqotda jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudi raisi J. Yakubxo‘jaev, fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda tumanlararo iqtisodiy sudlar raislari A. Masardinov, R. Asqarov yoshlarga puxta bilim va hunar egallash barobarida, huquqiy bilimlarini mustahkamlab borishlari yuzasidan tavsiyalar berib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy Telegram-kanali
- Qo'shildi: 28.02.2023
- Ko'rishlar: 3633
- Chop etish