28 fevral kuni Toshkent davlat yuridik universitetida shu mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir mamlakatimizda 20 fevraldan – 28 fevralga qadar davom etgan “Inson huquqlari haftaligi” doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘qituvchi va talabalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va vazirlik huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish instituti vakillari ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, yuridik yo‘nalishdagi akademik litsey, texnikum va kollejlar o‘quvchilari qatnashdi.
Davra suhbatida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining yordamchisi O.Ahmadov ma’ruza qildi. Ma’ruzachi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 01.03.2023
- Ko'rishlar: 3930
- Chop etish