Shu yil 1 mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ayni mavzuda mahorat darsi o‘tkazildi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda “Inson huquqlari haftaligi” doirasida tashkil etildi.
Mahorat darsini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining yordamchisi O.Ahmadov olib bordi. U mamlakatimizda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari, inson huquqlari sohasidagi ta’lim hamda bu sohadagi qonunchilik tizimi bo‘yicha muhim ma’lumotlarni ishtirokchilar e’tiboriga havola qildi.
Mahorat darsida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari qatnashdi. Ishtirokchilar Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida zarur tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida maktab kutubxonasiga Milliy markaz tomonidan nashr etilgan inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar turkumi tuhfa etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 01.03.2023
- Ko'rishlar: 3800
- Chop etish