Viktorina g‘oliblari taqdirlandi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan 27 fevral kuni "Inson huquqlari bilimdoni" viktorinasi o‘tkazildi. Tadbir “Inson huquqlari haftaligi”  doirasida tashkil etildi.

Ishtirokchilar e’tiboriga inson huquqlari va erkinliklariga oid 15 ta test savoli Internet tarmog‘i orqali taqdim etilib, onlayn tarzda to‘g‘ri javob topish so‘raldi. Har bir savolga 15 soniya vaqt ajratildi.

 Ushbu viktorinada 126 nafar ishtirokchi faol qatnashib, ulardan 38 nafari barcha savollarga to‘g‘ri javob berdi. Belgilangan muddatda test savollariga to‘liq va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 3 nafar g‘olib “Youtube” kanalida "Randomus randomayzer" onlayn dasturi asosida aniqlandi.

G‘oliblar 1 mart kuni Milliy markazga taklif etilib, sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech