Joriy yilning 27-28 fevral kunlari Toshkent shahrida Bosh prokuratura hamda Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMKA 10) bilan hamkorlikda mamlakatning chegara hududlarida yashovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Bosh prokuror o‘rinbosari S.Artikova, Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sh.Adrian, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar hamda xalqaro ekspertlar guruhi ishtirok etdi.
Mazkur tadbir doirasida chegara hududlarida yashovchi xotin-qizlar duch kelayotgan muammolar hamda ularga o‘z vaqtida yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
BOMKA 10 ekspertlar guruhi tadbir ishtirokchilarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, shuningdek, Sharqiy hamkorlik mamlakatlarida ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash amaliyoti bilan tanishtirdi.
Interfaol sessiyalarda O‘zbekiston davlat idoralari vakillari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda chegara hududlarida yashovchi ayollarning bugungi ahvolini tahlil qilib, ushbu toifadagi xotin-qizlarning barcha guruhlarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha individual tavsiyalar ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy Telegram-kanali
- Qo'shildi: 01.03.2023
- Ko'rishlar: 4079
- Chop etish