Inson huquqlari – eng oliy qadriyat

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Inson huquqlari haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ham haftalik doirasida “Inson huquqlari – eng oliy qadriyat: voqelik va istiqbollar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Universitet rektori G‘.Muhamedov mamlakatimizda inson, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.  

Joriy yil 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.  

Davra suhbatida qayd etilganidek, inson huquqlarining kafolatli mexanizmini yaratish insonlarning o‘zida huquqiy madaniyat darajasini oshirishdan boshlanadi. Shu bois, universitetda “huquqshunos-pedagog” yo‘nalishini tashkil etish va yetuk mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.  

Shuhrat Ne’matov, O‘zA

Powered by GSpeech