“INSON HUQUQLARI” HAFTALIGI DOIRASIDAGI DAVRA SUHBATLARI DAVOM ETMOQDA

2023 yil 2 mart kuni Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Inson huquqlari eng oliy qadriyat: voqelik va istiqbollar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlar mamlakatimizda davom etayotgan “Inson huquqlari haftaligi” doirasida tashkil etilib, yurtimiznipg barcha hududlarida o‘tkazilmoqda. 

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, O‘zFA  Davlat va huquq instituti hamda “Barqaror rivojlanish markazi” NNT hamkorligida tashkil etilgan anjuman ishida O‘zFA  Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d., katta ilmiy xodim M.T. Turg‘unov, yu.f.d., professor A.A. Tulyaganov, yu.f.d., prof. M.X. Baratov, “Barqaror rivojlanish markazi” NNT boshqaruvi kengashi raisi, f.f.d., katta ilmiy xodim M.Sh.Usmanov hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Anjumanda BMTning “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyasi” mazmun-mohiyati, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi qiyosiy-huquqiy tahliliga urg‘u berildi.  

Darhaqiqat, inson huquqlari,  ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash mamlakatimizni farovon va yorug‘ kelajagini ta’minlovchi omil ekanligini barcha yurtdoshlarimizga singdirish lozimligi ta’kidlandi.

Barqaror rivojlanish markazi

 

Powered by GSpeech