Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatilmoqda. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzi oshib bormoqda. Muhtarama opa-singillarimiz o‘zlarining samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarimizda faol qatnashmoqda.
Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, bayram arafasida Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan yurtimiz xotin-qizlarining bir guruhi orden va medallar bilan mukofotlandi. Bunday munosib taqdirlash – ayol zotiga davlatimiz va jamiyatimiz e’zozu ehtiromining amaliy ifodasidir.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Milliy markazda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida shu haqda so‘zladi. Milliy markaz jamoasi safidagi ayollar va qizlarni bayram bilan tabrikladi.
Tantanali tadbirda Milliy markazda ishlayotgan barcha xotin-qizlarga sovg‘alar ulashildi.









Tadbir doirasida Milliy markaz kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ayollar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Stol tennisi bo‘yicha g‘oliblar – birinchi o‘rin sohibasi Malika Tolipova, ikkinchi o‘rinni egallagan Muxlisa Hasanova va uchinchi o‘rinni band etgan Muqaddas Qosimovaga, shuningdek, shashka o‘yini bo‘yicha g‘oliblar – Muyassar Rahimova, Dilnoza Rahimova va Malika Tolipovaga sovrinlar topshirildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 07.03.2023
- Ko'rishlar: 4224
- Chop etish