Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk boshchiligidagi delegatsiya hamda Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi

Unda Folker Turk inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholining turmush farovonligini oshirish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini kamaytirish, xorijiy yurtlarda qiyin sharoitga tushib qolgan vatandoshlarimizni mamlakatimizga qaytarish hamda jamiyatga to‘laqonli moslashishini ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarni ijobiy baholadi.

 Tadbirda Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev yurtimizda shaxs huquqlarini kafolatli ta’minlash, inson qadri – qimmatini yanada yuksaltirish, ayniqsa voyaga yetmaganlar, xotin - qizlar va yoshlar huquqlarini himoya qilishga alohida mas’uliyat bilan yondashilayotganligini qayd etdi.

 Shu bilan birga, Oliy komissar boshchiligidagi delegatsiya a’zolariga Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi xalqaro standartlar, ilg‘or milliy va xorijiy tajriba asosida tayyorlanayotganligi, qiynoq va boshqa tazyiqlar o‘tkazilishining oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar inson huquqlarini samarali ro‘yobga chiqarilishiga xizmat qilishi haqida batafsil axborot berildi.

 Uchrashuvda Bosh prokuratura bilan BMT va uning tuzilmalari o‘rtasida demokratik davlatning huquqiy asoslarini mustahkamlash, uni xalqaro andozalarga moslashtirish hamda inson huquqlari sohasida hamkorlikni tizimli asosda yanada faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Powered by GSpeech