Joriy yilning 18 - mart kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Toshkent viloyati TURON axborot-kutubxona markazi fondiga 110 dan ortiq inson huquqlariga oid yuridik adabiyotlar hamda 40 dan ortiq "Demokratlashtirish va Inson huquqlari" jurnallarining barcha nashrlaridan sovg'a qilindi. Adabiyotlarni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi mas'ul xodimi Hamidulla Mo'minov topshirdilar.
Shu kunning o'zida TURON axborot-kutubxona markazi o'quv zalida "Inson huquqlari" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazma yakunlangach beg'araz taqdim etilgan kitoblar "Inson huquqlariga oid adabiyotlar burchagiga joylashtiriladi.
- Qo'shildi: 22.03.2023
- Ko'rishlar: 4028
- Chop etish