30 mart kuni Buxoro viloyatining Peshku, Jondor, Qorako‘l va Vobkent tumanlaridagi mahallalarda Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxonlari yozilib, bir piyola choy ustida nuroniy yurtdoshlarimiz bilan dilkash suhbat qurildi. Oqsoqollar mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoev olib borayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlab, yangi Konstitutsiya loyihasi uchun ovoz beriladigan referendum Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun ulkan ahamiyatga ega ekanini uqtirdilar.
Shuningdek, Peshku tumanidagi "Deycha" mahalla fuqarolar yig‘inida "Mahallada sektor rahbari kuni" tadbirlari doirasida tuman prokurori S.Qurbonov 30 dan ortiq yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yoshlardan kelib tushgan 17 ta murojaatning 7 tasi ijobiy hal etilib, 6 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Ijrosi vaqt talab qiladigan 4 ta murojaat yuzasidan tegishli mus’ullarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.
Bundan tashqari, mahalla xodimlari bilan uyma-uy yurilib, 196 ta xonadondagi insonlarning hayotiy muammolari o‘rganildi. Jumladan, "Peshku" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ehtiyojmand fuqaro O.Hamroevaga homiylik yo‘li bilan sog‘in sigir olib berildi.
Mahallarda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv kursi tashkilotchilari – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti vakillari ham ishtirok etdi. Ular mahalla ahliga bo‘lajak referendumda ovoz beriladigan Konstitutsiya loyihasidagi konseptual o‘zgarishlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 30.03.2023
- Ko'rishlar: 3846
- Chop etish