Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – oliy maqsad

Farg‘ona davlat universitetida “Konstitutsiyada inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Мilliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Barqaror rivojlanish markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida aholini hayotdan rozi qilishdek ezgu maqsadlar mujassam. Ayniqsa, insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘layotganligi bilan ahamiyatlidir. “Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy maqsadidir” degan norma belgilangani ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ushbu maqsadga erishish uchun insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, davlat organlari tomonidan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakli belgilanmoqda.  

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori Murodjon Turg‘unov, yuridik fanlar doktori, professor Mirodil Baratov va boshqalar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xususida so‘z yuritib, muhim o‘zgarishlar, yangi normalar haqida ma’lumot berdi.  

 

Powered by GSpeech