5 aprel kuni Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat Axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya va inson huquqlariga oid adabiyotlar” burchagi tashkil qilindi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi ijrosi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi kutubxonaga inson huquqlariga oid adabiyotlar taqdim etdi.
Milliy markaz tashabbusi bilan, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha o‘tadigan referendumga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi. Ushbu tadbirda Namangan viloyat Axborot-kutubxona markazi jamoasi va kitobxonlar ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi mas’ul xodimi H.Mo‘minov, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti direktori M.Turg‘unov va mazkur institut bo‘lim boshlig‘i M.Baratov yangilanayotgan Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.04.2023
- Ko'rishlar: 4344
- Chop etish