Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi ijrosi – oyinai jahon nigohida

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining bajarilishi mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida izchillik bilan yoritilmoqda. Bu borada, ayniqsa, yurtimiz teleradiokanallari faollik ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ma’lumotlariga qaraganda, ushbu tizimidagi markaziy teleradiokanallar hamda hududiy teleradiokompaniyalarda joriy yilning mart oyi davomida ayni mavzuda bir qator teleradiodasturlar tayyorlangan va efirga uzatilgan. Jumladan:

  • «O`zbekiston 24» teleradiokanali «Maxsus reportaj» ko‘rsatuvining 18 ta, «Huquq 24» ko‘rsatuvining 3 ta, «Studiya 24» ko‘rsatuvining 21 ta, «Intervyu 24» ko‘rsatuvining 20 ta, «Inson qadri uchun» ko‘rsatuvining 5 ta, «Radiointervyu» eshittirishining 8 ta, «Radiosharh» eshittirishining 4 ta, «Radiomuloqot» eshittirishining 4 ta, «Xalq qabulxonalarida» eshittirishining 2 ta, «Radioreportaj» eshittirishining 2 ta soni;
  • «O`zbekiston» teleradiokanali «Assalom, O‘zbekiston!» ko‘rsatuvida 4 ta lavha, «Odil sudlov» ko‘rsatuvining 2 ta, «Oila olami» ko‘rsatuvining 2 ta, «Shu kunning mavzusi» eshittirishining 4 ta, «Oqshom to‘lqinlarida» eshittirishining 2 ta, «Ta’lim va taraqqiyot» eshittirishining 2 ta soni aynan Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da nazarda tutilgan vazifalar – «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari», «Bola huquqlari», «Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari» yo‘nalishlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlar va ijobiy yangilanishlar natijalariga bag‘ishlangan.

Shuningdek, «Yoshlar» teleradiokanali «Biz tomonlarda» ko‘rsatuvining 2 ta, «Yoshlar yetakchisining bir kuni» ko‘rsatuvining 2 ta, «Yoshlar press-klubi» ko‘rsatuvining 3 ta, «Yoningdaman» eshittirishining 2 ta soni hamda «Oqshomga qadar» eshittirishida 80 ta xabar va lavha, «Salom, yoshlar!» eshittirishining 12 ta, «Tonggi parvoz...» eshittirishining 10 ta, «Yoshlar bilan...» eshittirishining 12 ta, «Najot ta’limda...» eshittirishining 1 ta, «Bir qadam oldinga» eshittirishining 1 ta sonida  Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlar atroflicha yoritilgan.

Bundan tashqari, «Bolajon» teleradiokanali «Assalom, bolajon!» ko‘rstuvining 2 ta soni;

«Mahalla» teleradiokanali «Minbar» ko‘rsatuvining 8 ta, «Otalar-choyxonasi» ko‘rsatuvining 2 ta, «Inson qadri uchun» ko‘rsatuvining 4 ta soni;

«Toshkent» teleradiokanali «Poytaxt reportaj» dasturining 1 ta, «Gap chiqdi» tok-shousining 2 ta, «Teletahlil» ko‘rsatuvining 2 ta, «Huquqingizni bilasizmi?» ko‘rsatuvining 8 ta, «Ochiq muloqot» to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturining 2 ta soni;

«Madaniyav va ma`rifat» telekanali «Bugun» informatsion dasturida 3 ta lavha, «Inson qadri uchun» ko‘rsatuvining 6 ta soni, «Milliy ta’lim» ko‘rsatuvining 2 ta, «Bugun intervyu» ko‘rsatuvining 2 ta soni;

«Dunyo bo`ylab» telekanali «На прямой связи» ko‘rsatuvining 36 ta, «Специальный репортаж» ko‘rsatuvining 20 ta sonida:

  • aholi, xususan, yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi, davlat organlari xodimlarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlar;
  • inson huquqlari sohasida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining inson huquqlari sohasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan «Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar» sohasida o‘tkaziladigan milliy tanlovlar tafsilotlari;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar hukuqlari, bola huquqlari va migrantlar huquqlari sohasida o‘tkaziladigan tadbirlarning maqsad va vazifalari hamda ulardan kutilayotgan natijalar izchil yoritib borilgan.

MTRK tizimidagi mustaqil teleradiokanallarning «Axborot-24», «Novosti-24», «Yangiliklar-24», «Tahlilnoma», «Yangi davr», «Davr yangiliklari», «Kun nafasi» «Toshkent 24», «Reportyor», «Xabarlar»,«Aktualno» kabi informatsion dasturlarida ham o‘zbek, rus va ingliz tillarida shu mavzuga oid yuzlab lavha, reportaj va intervyular e’lon qilingan.

Qolaversa, MTRK tizimidagi hududiy teleradiokompaniyalarning ixtisoslashgan ko‘rsatuv va eshittirishlari hamda axborot teleradiodasturlarining yuzlab sonlarida mazkur qarorning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda ularning ijrosi, shu jumladan Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da nazarda tutilgan vazifalar mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritilgan.

O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan muntazam monitoring qilib borilmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech