Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson xuquq va erkinliklarining kafolatlari

8 aprel kuni Sirdaryo viloyati Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida shu mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bo‘lajak referendumga bag‘ishlangan tadbir Inson xuquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Barqaror rivojlanish markazi hamda O‘zbekiston  Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy asotsiatsiyasining Sirdaryo viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi mas’ul xodimi H.Mo‘minov, Davlat va huquq instituti  direktori M.Turg‘unov va mazkur institut bo‘lim boshlig‘i M.Baratov, yuridik fanlar doktori, professor A.Xudoyberdiev, Ko‘zi ojizlar jamiyati Sirdaryo viloyati bo‘limi vakillari hamda fuqarolik jamiyati institutlari faollari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar referendumning mazmun-mohiyati va ahamiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyaning zarurati, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda inson huquqlari sohasidagi ta’limning o‘rni haqida fikrlashdilar.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan inson huquqlari sohasidagi ta’limga katta e’tibor qaratilayotgani haqida ham atroflicha so‘z bordi. Bu borada O‘zbekistonning jahon hamjimiyatida tutgan muhim mavqei alohida ta’kidlandi.

Yangi Konstitutsiya loyihasining Brayl alifbosidagi kitobi O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Guliston shahar hududiy bo‘linmasi rahbari K.Azamatovaga topshirildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech