Jizzaxda yangilanayotgan Konstitutsiya va bo‘lajak referendumga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi

8 aprel kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazida yangilanayotgan Konstitutsiya va bo‘lajak referendumga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi  Milliy markazi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Uchrashuvda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi  Milliy markazi mas’ul xodimi H.Mo‘minov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori  M.Turg‘unov, ushbu institutning bo‘lim boshliqlari – professorlar M.Baratov va A.Xudoyberdiev, Nodavlat notijorat tashkilotlari asotsiatsiyasi Jizzax viloyati xududiy bo‘limi rahbari N.Kamolova so‘zga chiqdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Jizzax arxitektura va qurilish texnikumi talabalari hamda Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qism kursantlari va OAV vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar bergan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi. 

Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakunida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi  Milliy markazi tomonidan nashr etilgan 100 dan ortiq  huquqiy adabiyot Jizzax viloyati axborot-kutubxona markaziga beg‘araz taqdim etildi.

So‘zga chiqqanlar Axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya va inson huquqlariga oid adabiyotlar" burchagi tashkil etilgani muhim ahamiyatga egaligini e’tirof etdilar. Barchani bo‘lajak referendumda ishtirok etishga va yangilanayotgan Konstitutsiyamiz uchun ovoz berishga chaqirdilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech