Yangilanayotgan Konstitutsiyada “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat

8 aprel kuni O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Jizzax viloyati bo‘limi majlislar zalida  shu mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Barqaror rivojlanish markazi tomonidan tashkil etildi.

Oliy Majlis Senati a’zosi S.Suyarova, Davlat va huquq instituti direktori M.Turg‘unov, ushbu institut bo‘lim boshliqlari – professorlar M.Baratov va A.Xudoyberdiev, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari N.Kamolova hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi  Milliy markazi mas’ul xodimi H.Mo‘minov so‘zga chiqdilar. Ma’ruzachilar yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun- mohiyati va bo‘lajak referendumning ahamiyati haqida batafsil to‘xtaldilar.

 Muloqotlarda qirg‘iz, qozoq va rus madaniyat markazlari hamda Ko‘zi ojizlar jamiyati viloyati bo‘limlarining vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari faollari, jurnalistlar qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Tadbir doirasida Yangi Konstitutsiya loyihasining Brayl alifbosidagi kitobi O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining Jizzax shahar bo‘limi raisi Doniyor Egamberdiyevga topshirildi. Mazkur nashr Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Barqaror rivojlanish markazi tomonidan chop etilgan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
     

Powered by GSpeech