Bugungi kunda Konstitutsiyani yangilash O‘zbekiston davlatining tadrijiy rivojlanishi nuqtai nazaridan muhim zarurat, jamiyatimizning keyingi qadamlarini aniqlab olish uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga inson shaxsiy huquqlari himoyasiga oid qator progressiv kafolatlar kiritilmoqda, ularning zaminida inson huquq va erkinliklari ustuvorligi — huquqiy davlatning oliy maqsadi, deb e’tirof etilishi g‘oyasi yotadi.
Aynan mana shu yondashuv asosida Konstitutsiyada inson huquqlariga oid normalar 3,5 baravardan ziyodga oshmoqda. Muhimi, inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir davlat idorasi faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida mustahkamlanmoqda. Ya’ni endilikda davlat organlari va mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishiga konstitutsiyaviy asos belgilanmoqda.
Hozirda O‘zbekistonda shaxs erkinligi va daxlsizligi ustuvorligi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat siyosati darajasida e’tirof etilgan bir vaqgda insonning sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilishning eng og‘ir ko‘rinishlaridan biri — qiynoqqa solish faktlarining hali-hanuz jamiyatimizda mavjudligi mutlaqo yo‘l ko‘yib bo‘lmas holdir.
Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “amalga oshirilayotgan barcha islohotlarimiz markazida inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu g‘oya mujassam. Chunki bizning muqaddas dinimizda ham, buyuk allomalarimiz boy ilmiy va ma’naviy merosida ham, inson — hayot gavhari, tengsiz mo‘jiza sifatida ulug‘lanadi.
Inson — davlat va jamiyat uchun maqsadga erishish vositasi emas, aksincha, ana shu maqsadning bosh mazmuni va manbai hamda eng oliy qadriyat bo‘lishi lozim. Biz barpo etayotgan yangi O‘zbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustundir”. Shu yondashuvdan kelib chiqib ham mazkur yangi norma aynan mana shu tahrirda berilmoqda.
Ajralmas huquqlar borasida so‘z ketganda, albatta, xalqaro darajada umume’tirof etilgan xujjat — shaxs erkinligini ta’minlash yo‘lida o‘ziga xos yangi davrga asos solgan “Xabeas korpus” instituti ahamiyatini ta’ksdlash joiz.
“Xabeas korpus” (lot. Habeas corpus) — “tanani sudga keltirish”, ya’ni jinoiy ta’qibga uchragan fuqaroning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqining tarixan eng qadimiy e’tiroflarsdan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda “Xabeas korpus” instituti 2008 yiddan tatbiq etilgan bo‘lib, uni ko‘llash doirasi yillar davomida izchil kengaytirib borilmoqda, tergov jarayoni ustidan sud nazorati qat’iy ravishda kuchaytirilmoqda.
Xususan, bu masalaga tarixan yondashadigan bo‘lsak, aytish kerakki, 2008 — 2016 yillarda qator protsessual majburlov choralari (qamoqqa olish tarzidagi ehgiyot chorasi; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish; amnistiya aktini ko‘llashga oid iltimosnomani ko‘rib chiqish; uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi)ni ko‘llash vakolati sudlarga berilganini ko‘ramiz.
Birgina qamoq ehgiyot chorasining sudlar tomonidan ko‘llanilishi amaliyotidan misol keltirsak, 2022 yilda tergov organlaridan sudlarga kelib tushgan jami 24 118 ta iltimosnomadan 23 503 tasi kanoatlantirilgan, 485 tasi esa rad etilgan, ya’ni 485 nafar shaxsga nisbatan asossiz ravishda qamoq eqtiyot chorasi qo‘llanilishining oldi olingan.
2017 — 2021 yillarda sud nazorati doirasi yanada kengaytirilib, shaxsning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklashga oid
qator tergov va protsessual harakatlar (pasportning amal qilishini to‘xtatib turish; ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish; pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab ko‘yish; murdani eksgumatsiya qilish; qamoqda sakdash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish)ga sanksiya berish suddar vakolati doirasiga o‘tkaziddi.
Shuningdek, 2017 yilda ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan, ya’ni erkin harakatlanishga bo‘lgan huquqlarning haqiqiy cheklangan paytidan e’tiboran ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etishining belgilanishi “Xabeas korpus” institutining milliy qonunchiligimizda yanada mustahkam ifoda topishini ta’minladi.
Jinoyat ishi yurituvida shaxsiy daxlsizlik huquqlarini cheklashga oid bunday harakatlar ustidan sud nazoratining o‘rnatilganligi jinoyat protsessida sudning tergov organlariga nisbatan mustaqilligi, xolisligi va beg‘arazligi mohiyati bilan izoxdanadi va jinoyat protsessida tortishuv prinsipini kuchaytirishni nazarda tugadi.
Hozirda “Xabeas korpus” instituti doirasini kengaytirish jarayonining mantiqiy davomi sifatida endilikda xususiy mulk daxlsizligi va shaxsiy hayot daxlsizligini cheklashga oid tergov harakatlarining barchasi (telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni eshitib turish, tintuv, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash, mol-mulkni xatlash) faqat sudning ruxsati bilan o‘tkazilishi tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda.
Yangi konstitutsiyaviy normaga binoan mazkur huquqlarning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur qoida bilan fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligi, uy-joy daxlsizligi va xususiy mulk daxlsizligi huquqlari yanada mustahkamlanmoqda.
Endilikda tergovchi, surishtiruvchi va prokuror tomonidan tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini eshitish va mulkni xatlash zaruratini sudga asoslantirishi kerak bo‘ladi.
Shaxsning konstitutsiyaviy daxlsizlik huquqini cheklashga oid bu harakatlar sud ruxsati bilan amalga oshirilishi natijasida tergov davrida fuqarolarning mulk, turarjoy va shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlari daxlsizligi asossiz buzilishining oldi olinadi. Zero, sudning jinoyat ishi yuzasidan hech bir idoraviy yoki boshka manfaati yo‘kdir, u betarafdir.
Daxlsizlik huquqlariga oid mazkur kafolatlar qator xalqaro xujjatlarda ham mustahkamlangan. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida “hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va sha’niga o‘zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emas”ligi belgilangan.
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro paktning 17-moddasida “hech kim o‘zining shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda aralashishga, o‘zining uy-joyi yoki yozishmalari siri daxlsizligiga o‘zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz qilinishiga yoki uning or-nomusi va sha’niga noqonuniy tajovuz qilinishiga duchor etilishi mumkin emasligi va har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzlardan qonun orqali himoya etilish huquqiga ega”ligi bayon qilingan.
Shuningdek, 1950 yil 4 noyabrdagi Yevropa inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning 8-moddasiga ko‘ra “har kim o‘z shaxsiy va oilaviy hayoti, uy-joyi va yozishmalarining hurmat qilinishi huquqiga egadir”.
Mazkur kafolatlar qator davlatlar (Argentina, AQSh, Bahrayn, Belgiya, Chexiya, Estoniya, Germaniya, Gresiya, Italiya, Ukraina, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozogiston, Moldova) konstitutsiyalarida mustaxkamlangan.
Misol uchun, AQSh Konstitutsiyasining 6-ko‘shimchasida hech bir shaxs qonuniy sudda ko‘rilmay hayoti, erkinligi yoki mulkidan mahrum etilishi mumkin emasligi belgilangan.
Bosh qomusimizda “Xabeas korpus” institutining mantiqiy izchillikda kengaytirilishi orqali shaxsiy hayot, xususiy mulk va uyjoy daxlsizligi himoyalanishi hamda sudning qarorisiz mazkur huquqlardan mahrum etilishga yo‘l qo‘yilmasligining belgilanishi fuqarolarimizning daxlsizlik kafolatlari qat’iyligini mustahkamlandi.
Eng muhimi, mazkur konstitutsiyaviy yangilanishlar orqali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida shaxs huquqlariga oid tergov xatolariga yo‘l qo‘yilmasligiga xamda fuqarolarimizning sudlarga bo‘lgan qat’iy ishonchini oshirishga erishiladi.
Asosiy Qonunimizga kiritilayotgan mazkur yangi kafolatlar butun jahon e’tirof etgan xalqaro standartlar bo‘lib, ularning konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi fuqarolarimizning huquq va erkinliklari himoya qilinishining yangi va ishonchli mexanizmini ishga soladi. Shuningdek, bu progressiv qoidalarning Konstitutsiyada qat’iylashtirilishi sud-tergov jarayonlarida huquqni muhofaza etuvchi organlarni noqonuniy harakatlardan tiyib turishga, ular tomonidan fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati xurmat qilinishiga, shaxsiy hayot daxlsizligiga oid huquqlarining o‘zboshimchalik bilan buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka, shaxsning yashash joyiga asossiz kirish, uy-joy daxlsizligini buzish va fuqarolarning mulkidan noqonuniy mahrum etilishi holatlarini bartaraf qilishga yo‘l ochadi.
Zero, yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarini ta’minlash — huquqiy davlatning oliy maqsadi etib belgilanmoqdaki, bu maqsad, pirovardida davlat o‘z faoliyatini, jamiyat va fuqarolarning turmushini faqat Konstitutsiya va qonunlar asosidagina amalga oshirilishini ta’minlashi majburiyatidan iboratdir.
Mirzayusuf RUSTAMBOEV,
yuridik fanlar doktori, professor,
Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi.
- Qo'shildi: 13.04.2023
- Ko'rishlar: 4500
- Chop etish