13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Davlat organlari ob’ektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasining ikkinchi bataloni shaxsiy tarkibi xodimlari bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.
Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuvda batalon komandiri S.Shodmonov bo‘lajak referendumning ahamiyati haqida so‘zladi. Bu muhim ijtimoiy-siyosiy tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash borasida Milliy gvardiya xodimlarining tutgan o‘rni xususida alohida to‘xtaldi.
O‘z navbatida, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi markaz xodimi H.Xolmamatov yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha ma’ruza qildi.
Milliy markaz ma’sul xodimi H.Mo‘minov Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy prinsiplari O‘zbekiston Konstitutsiyasi matnida o‘z ifodasini topganligi to‘g‘risida gapirdi. Muloqot asnosida bu yil butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi doirasida turli tadbirlar tashkil etilayotganiga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv ishtirokchilari referendumda faol qatnashishlarini bildirib, boshqalarni ham shunga chorladilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 13.04.2023
- Ko'rishlar: 4150
- Chop etish