Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquqlari kafolatlari

14 aprel kuni Navoiy viloyati Yuridik texnikumi binosida ushbu ta’lim maskani o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida ayni mavzuda suhbat o‘tkazildi. Texnikum o‘quvchilarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ushbu muloqotga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bosh yuriskonsulti R.Atovulloev moderatorlik qildi.

Suhbat davomida o‘quvchilarga Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasining ishlab chiqilish zarurati va jarayoni, undagi inson huquqlariga taalluqli yangi normalarning mazmuni tushuntirildi. Xususan, “Xabeas korpus” instituti, “Miranda qoidalari”, aybsizlik prezumpsiyasining konstitutsiyaviy institut sifatida belgilanayotganiga diqqat qaratildi.

Suhbat qiziqarli va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Tadbir yakunida Yuridik texnikum kutubxonasiga Milliy markaz tomonidan nashr etilgan inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar topshirildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech